Rossiyalik milliarder va tadbirkor Alisher Usmonov Rossiyada birgina oligarx qolganini aytdi. U bunday fikrni “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyuщiye litsa s Nailey Asker-zade” koʻrsatuvida bildirgan.
Usmonovning fikricha, oligarxlikka mansub boʻlishning bosh mezoni hokimiyatdan biznesning olinishi hisoblanadi, shu sababli u oʻzini oligarxlar qatoriga kiritmaydi.
“Men “oligarx” soʻzini umuman yoqtirmayman. Oligarx pul toʻlamay barchasini olgan odamdir. Men hayotimda undaylar sirasiga kirmaganman”, deb aytgan milliarder.
Usmonov, shuningdek, Rossiyada birgina oligarx qolganini aytgan, biroq uning shaxsini oshkor qilmagan. “Fikrimcha, bizda bu vagonda birgina yoʻlovchi qolgan, vagon boʻm-boʻsh, u esa bir oʻzi unda oʻtirib, hanuzgacha aylanib yuribdi. Ana u oligarx”, deb aytgan Usmonov va bu odam birgina kompaniyasidan tashqari barcha narsasini yoʻqotganini qoʻshimcha qilgan.
Hozirda Alisher Usmonovning boyligi 12,5 mlrd dollarga baholanib, u eng boy rossiyaliklar roʻyxatida 10-oʻrinni egallamoqda.
2018 yilda tadbirkor AQSH moliya vazirligining “Kreml dokladi” – Vladimir Putinga yaqin odamlar roʻyxatiga tushgan. Ularga kelgusida AQSH tomonidan sanksiyalar qoʻllanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi