date
views 4 049

Qrimdagi Roshen konfetlari salomatlik uchun xavfli boʻlib chiqdi

Qrimdagi Roshen konfetlari salomatlik uchun xavfli boʻlib chiqdi
Qrimda sotiladigan Roshen qandolatchilik kompaniyasi mahsuloti muddati tugagani tufayli isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi saytida eʼlon qilingan xabarda aytiladi.

“Qrimda sotilayotgan har qanday mahsulot isteʼmol uchun yaroqsiz”, - deya maʼlum qilishgan kompaniyadan.

Taʼkidlanishicha, 2017 yilning aprelida Roshenʻning Lipeskdagi zavodida ishlab chiqarish toʻxtatildi, shuning uchun Rossiya bozoriga kiradigan har qanday mahsulot, katta ehtimol bilan, isteʼmolga yaroqsiz sanaladi.

“Bunday mahsulotlarning yaroqlilik muddati kamida 2018 yilning boshida tugagan, shuning uchun u salomatlik uchun xavfli boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya vakillari potensial xaridorlarni Rossiyada Roshen mahsulotlarini sotish qayta boshlangani haqidagi OAV xabarlariga ishonmaslikka chaqirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimdagi Roshen konfetlari salomatlik uchun xavfli boʻlib chiqdi