AQSHning Minnesota shtatidagi Gilbert shaharchasi aholisi pishib oʻtib ketgan mevalardan koʻp miqdorda yeb, oʻzini mastdek tutayotgan qushlarning xatti-harakatidan shikoyat qilishdi.
Taʼkidlanishicha, shaharda qushlar oʻzini gʻalati tutishi bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda: ular oʻzini binolar oynalari, mashinalarga borib urmoqda va boshqa gʻalati harakatlar sodir etmoqda. Shu yuzasidan aholidan politsiyaga koʻplab shikoyatlar tushgan.
“Bu yerda oʻsuvchi baʼzi rezavor mevalar erta sovuq sababli odatdagidan avval achiy boshlagan va bu oʻz navbatida bijgʻish jarayonini tezlashtirgan. Koʻrinishicha, baʼzi qushlar oʻzini mastdek tutmoqda”, deb aytilgan politsiya boshligʻi Tay Techar bayonotida. Taʼkidlanishicha, qushlar oʻz harakatlarini bazoʻr boshqarmoqda, gohida esa maʼlum yoʻnalish boʻylab harakatlana olmayapti.
Oregon shtati universitetida taʼkidlanishicha, oktyabr davomida achib ketgan mevalarni isteʼmol qilgan qushlar oʻzini mastdek tutadi.
Politsiya boshligʻining aytishicha, joriy yilda mast qushlar bilan bogʻliq vaziyat jiddiyroq tus olgan. Koʻplab qushlar janubga uchib ketmagani sababli ular avvalgi yillardagidan koʻproqdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida