
Tokioda dunyodagi eng yirik dengiz mahsulotlari bozori “Sukidzi” oʻz ishini toʻxtatmoqda. The Japan News nashrining xabar qilishicha, bu Tokioda 2020 yilda oʻtadigan yozgi Olimpiada bilan bogʻlangan.
7 oktyabrda oxirgi savdolar boʻlib oʻtgan. Savdolar doirasida 160 kglik tunes baligʻi 4,38 mln iyenga (35 ming dollar) sotilgan.
Taʼkidlanishicha, bozor Tokioda 83 yil faoliyat yuritgan. Endi “Sukidzi” oʻrnida avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Bozor esa Toyesu sunʼiy orolidagi yangi joyga koʻchib oʻtadi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar