5 171
Qozog‘iston Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondan 165 tonna mahsulotni o‘z hududiga kiritmadi
Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simliklar karantini bo‘yicha hududiy inspeksiyalari davlat inspektorlari 10-12 oktyabr kunlari respublika hududiga noqonuniy olib kirilishi bo‘yicha 2 ta urinishning oldini olishdi. Bunda mamlakatga Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan yuqori darajadagi fitosanitar xatarga ega karantin ostidagi 165,5 tonna mahsulot to‘xtatib qolingan.
Mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, nazorat o‘tkazishda Rossiya Federatsiyasidan 141 tonna bug‘doy; Qirg‘iziston Respublikasidan 2 tonna olma va 20 tonna uzum majburiy fitosanitar sertifikatsiz olib kirilgani aniqlangan. Bundan tashqari, O‘zbekistondan 2,5 tonna xurmoni olib kirishda karantin ob’ekti aniqlandi (Komstok chervetsi - Pseudococcus comstocki (Kuwana).
Ushbu qonunbuzarliklar bo‘yicha inspektorlar Qozog‘iston Respublikasining «Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida»gi kodeksiga muvofiq qoidabuzarlarni ma’muriy javobgarlikka tortishdi. Karantin ostidagi mahsulotlar eksport qiluvchi mamlakatlar hududiga qaytarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi