
Rossiya prezidenti Vladimir Putin aka-uka Kokorinlar va Pavel Mamayev tomonidan do‘pposlangan mulozimlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Minpromtorg departamenti direktori Denis Pak «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, «NAMI» tashkiloti bosh direktori Sergey Gaysin Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlandi.
Minpromtorg va «NAMI» prezident korteji va Aurus-41231SB «Senat» xizmat mashinasini loyihalashtirish bilan shug‘ullangan edi. Unga 12 milliard rubldan ortiq mablag‘ sarflandi. Putin may oyida o‘tkazilgan inauguratsiya marosimiga ilk marotaba shu mashinada kelgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar