Xitoy 2022 yilgacha to‘rtta «Sun’iy Oy» sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular yer yuzasini tungi vaqtda yoritib, Yerning tabiiy yo‘ldoshidan sakkiz martaga tezroq quyosh nurlarini aks ettiradi. Loyiha haqida China Daily xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi «Sun’iy Oy» 2020 yilda Sichan kosmodromidan kosmosga uchirilishi mumkin.
«Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 2022 yilda yana uchta shunday ob’ekt uchiriladi», - deya aytib o‘tdi gazetaga loyiha rahbari, Chendu shahridagi Tyanfu yangi tumani Ilmiy uyushmasi rahbari U Chunfen. Olimning aniqlik kiritishicha, «Sun’iy Oy» Yerdan 500 km balandlikda, ya’ni Oyning o‘ziga juda yaqin joylashadi. Buning natijasida sun’iy yo‘ldosh juda porloq bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan U Chunfen.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, yangi sun’iy yo‘ldosh kunduzgi nurni almashtira olmaydi, sababi u tomonidan aks ettiriluvchi quyosh nurlari tezligi Chendu shahridagi oddiy tungi yoritishdan taxminan 20%ni tashkil qiladi. Biroq, bu loyiha har yili maydoni 50 kvadrat kilometr bo‘lgan joyni yoritishda 174 million dollarni tejash imkonini beradi, dedi loyiha kuratori.
U Chunfenning so‘zlariga ko‘ra, «Sun’iy Oy», masalan, elektr energiyasi ta’minotida muammolar yuz beradigan bo‘lsa, tabiiy ofatlar yuz bergan hududni yoritishda foydalidir. Uning aniqlik kiritishicha, birinchi bunday sun’iy yo‘ldosh tajribaviy bo‘ladi, qolgan uchtasi «katta munitsipal va tijorat salohiyatga ega to‘laqonli loyihalar»ga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)