
Nyu-Yorkdagi CITIZEN konferensiyasi vaqtida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner AQSh prezidentini «qora oqqush», deb atadi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Kushner bunday fikrni undan Respublikachilar partiyasi oraliq saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Trampga bu qanday ta’sir qilishi haqida so‘rashganida aytib o‘tdi.
«U qora oqqush. U butun umri davomida qora oqqush bo‘lib keldi», - deya javob bergan Kushner.
Telekanaldan eslatishlaricha, ushbu atama muallifi amerikalik matematik va treyder Nassim Nikolya Tolib sanaladi. U hech qanday taxminlarga bo‘ysunmaydigan va boshqalarning taxmin qilish mumkin bo‘lgan narsalar haqidagi fikrini o‘zgartiradigan kishilarni «qora oqqush», deb atagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar