"Forbes" nashri "Xitoyning 400 ta eng boy odami" reytingini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni garchi 2017 yildan buyon 4 mlrd dollarga daromadi kamaygan bo‘lsa-da, Xitoyning eng yirik internet-tijorat kompaniyasi – "Alibaba" asoschisi Jek Ma egalladi.
Unga ko‘ra, 2018 yilda 54 yoshli tadbirkorning davlati 34,6 mlrd dollarga baholanmoqda, bir yil avval bu ko‘rsatkich 38,6 mlrd dollarni tashkil etgandi.
Reytingning ikkinchi o‘rini "Tencent" telekommunikatsion korporatsiyasi rahbari Ma Xuatenga nasib etdi. Uning daromadi 32,8 mlrd dollarga teng.
Uchinchi o‘rinni "Evergrande" ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Syuy Szyain egalladi, uning boyligi 2018 yilda 30,8 mlrd dollarga baholandi.
Bundan biroz avval ham "Horun" instituti taqdim etgan hisobotda 2018 yilda Xitoylik millionerlar ro‘yxatidan 456 kishi chiqib ketdi. Bu so‘nggi 20 yil ichidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. Aynan shu ro‘yxatda ham Xitoyning eng boy odamlari qatorida birinchi o‘rinni Jek Ma egallagandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda millionerlarning o‘rtacha yoshi 55 yosh bo‘lib ularning 50 foizi Xitoyning yettita yirik shaharlarida yashaydi.
Xorijda faoliyat yuritayotgan xitoylik kompaniyalar esa yil davomida 52 foizga oshib, 137,9 mlrd dollarga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"