Olimlar sayyoramiz atrofida, taxminan 400 ming kilometr uzoqlikda aylanuvchi ikkita ulkan chang buluti mavjudligini tasdiqlashdi. Ularning xulosalari MNRAS jurnalida taqdim qilingan.
“Kordilevskiy bulutlari – Yer atrofidagi ikkita eng payqalmas ob’ekt bo‘lib, ular sayyoramizdan Oy kabi masofada joylashgan va shu sababli astronomlar ularni deyarli hech qachon payqashmaydi.Shu tufayli sayyoramizning bu ikki psevdo-yo‘ldoshi mavjudligini tasdiqlay olganimizdan juda xursandmiz”, deb aytgan Budapesht universiteti xodimi Yudit Shliz-Balog.
18-asrdayoq olimlar kichik o‘lchamli samoviy jismlar ma’lum shartlarda sayyora bilan bir orbita bo‘ylab harakatlanishi mumkinligini o‘rnatishgan.
Bunday minglab ob’ektlar yoki “troyan asteroidlar” Yupiter, Mars va Neptun orbitalarida ancha avval topilgan, biroq yaqin vaqtgacha olimlar bunday asteroidni sayyoramiz yaqinida topa olishmagan. Olimlarning aytishicha, sayyoramizning “troyan” yo‘ldoshlarini sayyoramiz sirtidan qaralganda Quyoshga juda yaqin bo‘lgani uchun izlash qiyin.
Bugungi kunda Yerning bor-yo‘g‘i 6 ta kvaziyo‘ldoshi ma’lum. Ularning barchasi bittasidan tashqari juda beqaror orbitalar bilan aylanadi va ulardan bir qismi sayyoramiz ortidan harakatlanishdan to‘xtab, uning orbitasini ochilganidan bir necha yil o‘tib tark etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin