10:46 / 27.10.2018
3 219

Yaponiyalik jurnalist: “Jahannamni boshimdan o‘tkazdim”

Yaponiyalik jurnalist: “Jahannamni boshimdan o‘tkazdim”
Bir necha kun avval Suriyadan Turkiyaga olib kelingan yaponiyalik jurnalist Yasuda Dzyumpei vataniga qaytdi, deya xabar bermoqda Azon.uz.

Turkiyada juralistlar bilan uchrashgan Yasuda Dzyumpei Suriyada uch yil davomida “jahannamni boshidan o‘tkazganini” va “ozodlikka chiqqanidan baxtiyor ekanini” aytdi. Shuningdek, u o‘tgan vaqt mobaynida dunyodagi o‘zgargan sharoitlarga qanday moslashishini bilmasligini ma’lum qildi.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe jurnalistning ozodlikka chiqishida yordam ko‘rsatgani uchun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Qatar amiri Tamim ibn Hamad al-Taniyga minnatdorchilik bildirdi.

Yasuda Dzyumpei 2015 yilda “Jabhat an-Nusra” (sobiq “Hay’at tahrir al-Shom”) jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik jurnalist: “Jahannamni boshimdan o‘tkazdim”