date

“AirAsia” kompaniyasiga tegishli samolyotni qidirish ishlari davom etmoqda

“AirAsia” kompaniyasiga tegishli samolyotni qidirish ishlari davom etmoqda

Avstraliya va Koreya Respublikasi davlatlari Indoneziya osmonida radarlardan yo‘qolib qolgan Malayziyaga tegishli Airbus A320-200 samolyotini qidirish ishlariga qo‘shildilar. Avstraliya mudofaa boshqarmasi vakillarining xabar berishlaricha, AP-3C Orion harbiy-transport samolyoti qutqaruv operasiyasi o‘tkazilayotgan hududga jo‘nab ketdi.

Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Toni Abbott ushbu samolyotning joyini aniqlashda Indoneziyaga har qanday yordamini ayamasligini aytib o‘tgan edi.

Janubiy Koreya vakillari ham yaqin ikki kun ichida qidiruvda yordam berish uchun samolyot yuborilishini aytib o‘tdilar. Hozirda Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining maxsus havo kemasi havo hududini kesib o‘tishi kerak bo‘lgan 6 davlat bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Singapur qidiruv ishlariga ikkita S-130 “Gerkules” harbiy-desant samolyoti hamda Harbiy-dengiz kuchlarining ikkita kemasini jalb etdi. Bundan tashqari, Malayziya HHK va HDK lari ham operasiya o‘tkazilayotgan hududga uchta kema hamda bitta harbiy-transport samolyotini jo‘natdilar.

Laynerning qidiruv ishlariga Indoneziya boshchilik qilmoqda, chunki aynan Indoneziyaga tegishli bo‘lgan hududda samolyot bilan aloqa yo‘qolgan.

Ma’lumot uchun, “AirAsia” aviakompaniyasining samolyoti bilan 27 dekabr yakshanba kuni ertalab, taxminan Kalimantan (Borneo) oroli yaqinida, Yavan dengizi ustida, parvoz boshlanganidan 42 daqiqa o‘tib aloqa yo‘qolgan. Aviakompaniyaning ma’lumot berishicha, laynerda 162 kishi: 155 yo‘lovchi (shu jumladan, 17 nafar yosh bola), ikkita uchuvchi, bortmuhandis va 4 nafar bortprovodnik bo‘lgan. Ulardan 155 nafari Indoneziya fuqarosi, uch nafari Janubiy Koreya, bir nafari Buyuk Britaniya, bir nafari Malayziya va Singapur va Fransiyaning (ikkinchi uchuvchi) bir nafardan fuqarosi bo‘lgan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » “AirAsia” kompaniyasiga tegishli samolyotni qidirish ishlari davom etmoqda