08:57 / 29.10.2018
2 661

Xitoy birinchi bo‘lib orbitaga genlar bankini olib chiqdi

Xitoy birinchi bo‘lib orbitaga genlar bankini olib chiqdi
Xitoying Shainghai ManWei Technology kompaniyasi tarixdagi ilk koinot genlar bankasini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma’lum qildi.

Raketa 25 oktyabrda Tayyuan kosmodromidan “Chanchjen-4” raketa-tashuvchi yoramida orbitaga yetkazilgan.

Loyiha tashkilotchilarining ta’kidlashicha, 8 nafar xitoylikdan olingan gen materiali ming yilga yaqin beshikast saqlanadi. U koinot radiatsiyasi ta’siriga bardoshli maxsus konteynerga joylanadi.

Telekanalning mutaxassislarga iqtibos keltirgan holda ma’lum qilishicha, sayyoramiz zaxiralar kamayib ketishi va aholi haddan ziyod ko‘payib ketishi oqibatida yaqin 400 yildan keyin yaroqsiz holga kelishi mumkin.

“Bu genlar banki yordamida yangi insoniyat sivilizatsiyasi yaratilishi ko‘zda tutilgan”, deb aytilgan telereportajda.

Yaqin kelajakda Shainghai ManWei Technology millionlab namunalar saqlanadigan genlar bankini yaratmoqchi. Kompaniya rejasiga ko‘ra, bu gen materiallari Mars yoki “Yerga o‘xshash sayyoralarga” jo‘natiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy birinchi bo‘lib orbitaga genlar bankini olib chiqdi