Belarus prezidenti “erkak bo‘lish uchun” nima qilish kerakligini aytdi

Belarus prezidenti “erkak bo‘lish uchun” nima qilish kerakligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, u har kuni sport bilan shug‘ullanishga 2 soatga yaqin vaqt ajratadi. Lukashenko bu haqda Belarus yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Men umuman sportzalda shug‘ullanmayman, biroq sportga ko‘p e’tibor qarataman. Men kuniga sport bilan shug‘ullanishga 2 soat yoki undan sal ko‘proq vaqt ajrataman. Buni so‘zsiz qilaman. Sizga ham shuni maslahat qilaman. Sizning ortingizdan bolalar tortilishadi”, deb aytgan Lukashenko.

Uning aytishicha, u zalda va yugurish yo‘lakchasida emas, balki ochiq havoda mashq qilishni afzal ko‘radi. “Bu ajoyibdir, ayniqsa ertalab. Ko‘chaga chiqding, yugurib kelding. Ertalab 35-40 daqiqa sport bilan shug‘ullanish kerak, ayniqsa erkaklarga, erkak bo‘lish uchun. Yugurib kelding, oyoqlaringga zo‘riqish berding, biror joyda tortilib, qorin mushaklaring bilan mashq qilding”, deb tavsiya bergan Belarus rahbari.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar