Yaponiya imperatori Akixitoning amakisi Norixitoning qizi – 28 yoshli malika Ayako oddiy fuqaroga turmushga chiqdi. Yapon nashri "The Mainichi"ning xabar berishicha, to‘y 29 oktyabr kuni Tokiodagi Meydzi ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan.
Ayakoning turmush o‘rtog‘i 32 yoshli Key Morito – "Nippon Yusen Kaisha" yuk tashuvchi kemalar kompaniyasi xodimi bo‘lib ishlaydi. Meydzi ibodatxonasida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yida kelin va kuyovning qarindoshlari bilan birga jami o‘ttiz nafar mehmon qatnashgan.
“Baxtli kunimizda yaqinlarimiz yonimizda bo‘lganidan baxtiyorman. Biz otam va onam kabi chiroyli juftlik bo‘lishni xohlaymiz va shunga harakat qilamiz”, – dedi malika marosimdan so‘ng jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda.
30 oktyabr kuni Tokio shahridagi "New Otani" mehmonxonasida to‘y ziyofati bo‘lib o‘tadi. Unda imperiya merosxo‘ri Naruxito va malika Masako, hukumatning 3 avlod rahbarlari hamda bosh vazir Sinzo Abe ishtirok etadi.
Imperator xonadoni an’anasiga ko‘ra, Ayako oddiy fuqaroga turmushga chiqqani uchun maqomidan voz kechgan. Malika to‘ydan oldin imperator xonadoni a’zolaridan rasman uzr so‘ragan va maqomini topshirgan. Endi malika Ayakoga mln dollardan ko‘proq pul sep sifatida ajratiladi. To‘ydan so‘ng malika o‘zining avvalgi maqomi darajasida hayot kechira olishi uchun davlatdan 1,3 mln dollar miqdorida sep puli oladi.
Malika Ayakoning o‘z maqomidan voz kechishi natijasida imperator oilasida 18 ta a’zo qoladi, ulardan 13 nafarini ayollar tashkil etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi