08:20 / 30.10.2018
2 622

Braziliya prezidentligiga Jair Bolsonaru saylandi

Braziliya prezidentligiga Jair Bolsonaru saylandi
28 oktyabr kuni Braziliya prezidentlik saylovlarining 2-turida g‘alaba qozongan Sotsial-liberal partiyasi nomzodi Jair Bolsonaru saylovoldi bergan barcha va’dalarini bajarishini aytdi.

Braziliya oliy qo‘mondoni hisoblangan yangi prezident Bolsonaru harbiylar bilan aloqalarni kuchaytirishini, ayollar huquqlarini himoya qilishini, davlatga qarshi bo‘lgan muxolifatni mamlakatdan badarg‘a qilishini va geylarga hamda irqiy kamsituvchilarga qarshi kurashishini ta’kidladi.

Braziliya saylov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, ovozlarning 97 foizi haqiqiy deb topilib, undan 55,2 foizi Sotsial-liberal partiyasi nomzodi Jair Bolsonaruga berilgan. 44,8 foiz ovoz esa Mehnatkashlar partiyasi vakili Fernandu Addadga berilgan.

"Biz sotsializm, kommunizm, populizm va ekstremizm bilan umuman aloqasi bo‘lmagan yangi Braziliyani yaratamiz", deydi Jair Bolsonaru.

Braziliyadagi 1964-1985 yillardagi harbiy diktatorlikni olqishlagan Bolsonaru muxolifat ustidan qiynoq qo‘llashi, inson huquqlari, fuqarolik erkinligi va nutq erkinligini cheklashi mumkinligi ko‘pchilikda xavotir uyg‘otmoqda.

7 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Braziliya prezidentlik saylovlarida nomzodlarning birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagan edi. Shu sababdan, Braziliyada prezidentlik saylovlari qaytadan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidentligiga Jair Bolsonaru saylandi