Adriatika dengizida yonayotgan Italiyaga tegishli kemadan yo‘lovchilarni qutqarib olish ishlari davom etmoqda

28 dekabr kuni Adriatika dengizida Italiyaga tegishli, bortida 480ga yaqin kishi bo‘lgan sayohatchi kemada yong‘in kelib chiqdi. Falokat natijasida hozirgacha bir kishi nobud bo‘lgani va yana bir necha kishi jabrlangani haqida xabarlar mavjud. Bu haqida Italiya harbiy dengiz kuchlari matbuot xizmatiga tayanib, bir qator rus nashrlari, shuningdek, “gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarlarda yozilishicha, Italiyaning “The Norman Atlantic” nomli paromi Gresiyaning Patra shahridan Italiyaning Ankona shahriga qarab yo‘lga chiqqan edi. Kema Otona orollaridan 33 mil uzoqlikda harakatlanayotganida, falokat haqidagi “SOS” signalini yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in kemaning 200 tagacha avtomobilni sig‘dira oladigan garajida kelib chiqqan va shamol tufayli butun kemaga tarqalgan.
Ayni paytda qutqaruv ishlari uchun, Italiya, Gresiya va Albaniya maxsus xizmatlari jalb qilingan hamda shu paytgacha 251 kishi qutqarib olingan, yana 227 kishi esa hamon yonayotgan kemada qolmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing