date
views 3 204

Aqto‘be fojiasi: halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yaqinlari eng og‘ir jazoni talab qilishdi

Aqto‘be fojiasi: halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yaqinlari eng og‘ir jazoni talab qilishdi
Bugun, seshanba kuni Samara-Chimkent trassasida shu yil yanvar oyida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishi jinoyat ishi bo‘yicha taraflar muhokama sud majlisi o‘tkazildi, deb xabar berdi Sputnik.

O‘sha baxtsiz hodisada faqat 5 nafar yo‘lovchi va 3 nafar haydovchi omon qolgandi.

Prokuror ma’lum qilishicha, avtobus haydovchilari – Barat Tanatarov, Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekov “transport vositasini eksluatatsiya qilish qoidalarini buzish oqibatida ikki va undan ortiq kishilarni o‘limiga olib kelish” moddasi bo‘yicha aybi to‘liq isbotlandi.

Davlat ayblov tomoni har biriga 5 yil manzil-koloniya jazo chorasini berilishini so‘radi.

Prokuror sudlanuvchilar jinoyatni ehtiyotsizlik oqibatida sodir etishganligini ta’kidlab o‘tdi.

Boshqa ikki nafar sudlanuvchi: Baxodir Berdibayev (avtobusni reysga chiqargan chilangan) va Nurlibek Telepbayevni (avtobus tegishli bo‘lgan firma ta’sischisi) 7 yil manzil-konologiyaga jo‘natishni so‘radi.

Ayblanuvchilar sudyadan ular aybdor emasligi sababli oqlashni so‘radi. Ulardan hech biri o‘z aybini tan olmadi. Sudlanuvchilar yong‘in ular aybi bilan sodir bo‘lmaganligini yana bir bor aytishdi.

Ular avtobus salonida kavshar lampani qulab tushirgan yo‘lovchi aybdor deb hisoblashmoqda.

Sariagash shahridan videoaloqa orqali sud yig‘ilishida ishtirok etgan jabrlangan tomon ayblanuvchilarga eng og‘ir jazo hukm chiqarish zarurligini aytishdi.

“Ular odamlar haqida emas, faqat pul haqida o‘ylashgan. Agar haydovchilar odamlarni qutqarishganda, ular hozir tirik qolardi”, - dedi avtobusda halok bo‘lgan yo‘lovchilardan birining qarindoshi.

Bundan tashqari, jabrlanganlar ayblanuvchilardan har bir halok bo‘lgan kishiga 407 ming dollar miqdorida ma’naviy zarar undirishni ham so‘rashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘be fojiasi: halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yaqinlari eng og‘ir jazoni talab qilishdi