Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ariqda turgan 6 erkak fotosurati va bu bilan bog‘liq voqea haqidagi xabar Turkiya gazetalaridan birida ham chop etildi.
Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev tuman mas’ullarini bu tarzda jazolagani uchun ishdan haydalgani aytiladi.
27 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ariqqa tushib turgan 6 kishining suratlari tarqalgan edi. So‘ngra ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani, “Abdunosir G‘ulom” fermer xo‘jaligi maydonida g‘alla o‘z vaqtida sug‘orilmaganligi uchun tuman mas’ullari va fermer xo‘jaligi rahbarlari shu tarzda jazolanganligi aniqlandi. Bu haqda Uz24.24 nashri xabar bermoqda.
Bu vaqtda voqea joyida Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev, viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
29 oktyabr kuni Prezidentning barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmoyishi bilan Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi