Yaqinda Rossiyada bir guruh «qora riyeltor»lar deb ataluvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular besh yildan beri Moskva, Tver viloyatida o‘zlarining qora va bad niyatlarini amalga oshirgan, harom yo‘l bilan pul topish payida bo‘lgan. Jinoiy guruhga rosmana riyeltor Roman Shugaibov yetakchilik qilgan.
U guruhga o‘ziga har jihatdan yaqin kimsalarni a’zo qilib olgan. Natijada ular soni 16 nafardan iborat bo‘lgan. Jinoyatchilar asosan yolg‘iz, yoshi ulug‘ yoki nosog‘lom turmush tarziga ega fuqarolarni tiriklay ko‘mib, otib, yoki suvga cho‘ktirib o‘ldirish orqali kvartiralarga ega chiqqan. Birovga sotib pulini bo‘lishib kelgan. Hozirgi kunga qadar jinoyatchilar sotib qo‘lga kiritgan pullar miqdori 28 million rubldan oshib ketgan.
Tergov eksperimenti paytida jinoyatchilardan biri yirik suv havzasiga jabrlanuvchini olib borib boshini suvga tiqqan holda o‘n daqiqa ushlab turgani, nafas olishdan tiyilgachgina uni suvga tashlab o‘zi jo‘nab ketganini gapirib berdi. Bundan tashqari, jabrdiydalar tiriklay ko‘mib yuborilgan chuqurni ham ko‘rsatib berdi.
Hozirga qadar o‘ndan ziyod odam ushbu jinoiy guruh qurboniga aylangani haqida faktlar mavjud. Ammo tergovchilar surishtiruvlar jarayonida yana boshqa jinoyatlar ham aniqlanishiga ishonch bildirishgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi