4 noyabrda Janubiy va Shimoliy Koreya sentyabrda erishilgan kelishuv bo‘yicha chegaraning ikki tomonida joylashgan va keyinchalik olib tashlanadigan 22 ta qo‘riqlash postida sariq bayroqlarni ko‘tardi.
Janubiy va Shimoliy Koreya mudofaa vazirliklari vakillari 19 sentyabrdagi sammit doirasida chegaraning har bir tomonidan qurolsizlashtirilgan hududda joylashgan 11 tadan kuzatuv punktini olib tashlashga kelishib olgandi.
Ma’lum qilinishicha, postlarda 3 metrga 4 metrlik bayroqlar ko‘tarilgan. “Bu chora ikki davlat harbiy qo‘mondonligi qo‘riqlash postlarini olib tashlash bo‘yicha ishlar qanday ketayotganini kuzatish va tekshirishga hamda shu tariqa o‘zaro ishonch va shaffoflikni oshirishga qaratilgan”, deb aytilgan xabarda.
27 aprelda Pxanmunjom chegaraoldi punktida o‘tkazilgan sammitda tinchlikni tiklash va barcha dushmanona harakatlarni tugatish bo‘yicha kelishuvga kelingan.
Bundan tashqari, Seul va Pxenyan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun qurolsizlashtirilgan hudud yaqinida yirik ko‘lamli artilleriya mashg‘ulotlari va harbiy parvozlarni to‘xtatishga, ushbu hududdan harbiylarni olib chiqishga va Pxanmunjomdagi personalni qurolsizlantirishga, Sariq va Yapon dengizlari chegara hududlarida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydigan 80 kilometrlik hududni tashkil etishga kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi