
AQShning Massachusets texnologik instituti olimlari olis koinotga yo‘naltirilishi rejalashtirilayotgan ulkan lazer loyihasini taqdim qilishdi. Olimlarning aytishicha, bunday yondashuv o‘zgasayyoraliklar bilan tezroq uchrashishga imkon beradi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Fiziklarning ta’kidlashicha, lazer qurilmasining quvvati lazer nurini 20 ming yorug‘lik yiliga teng masofagacha yo‘naltirish imkonini beradi.
Quvvati 1-2 megavattni tashkil qiladigan lazer majmuasi sayyoramizni 30 metrlik teleskop orqali “yoritib turadi”. Olimlarning ta’kidlashicha, bunday texnologiya yordamida ko‘plab ekzosayyoralar shakllangan, Quyoshga eng yaqin yulduz – Proksima Sentavrada mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ongli jonzotlar bilan aloqani o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Olimlar lazer yordamida “bog‘lanmoqchi” bo‘layotgan nuqtalardan keyingisi Quyoshdan 39,5 yorug‘lik yili uzoqligida bo‘lgan TRAPPIST-1 yulduzi bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar