12:57 / 29.12.2014
6 407

“Intervyu” filmi 4 kunning ichidayoq 18 mln dollar yig‘di

“Intervyu” filmi 4 kunning ichidayoq 18 mln dollar yig‘di
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Iga suiqasd uyushtirilishi haqidagi, mojarolarga sabab bo‘lgan “Intervyu” komediyasi 4 kun ichida Internetdagi namoyishi davomida 15 mln dollar yig‘di. Bu filmni ma’lum haq evaziga 2 millionga yaqin foydalanuvchi ko‘chirib olgan. Bu filmning bir qator kinoteatrlarda namoyish etilishi orqasidan yana 3 mln dollar ishlab olindi.

“Biz bu filmni Rojdestvo bayramiga chiqarishga harakat qildik. Bu o‘ziga yarasha chaqiruv bo‘ldi va biz bunga erishganimizdan mamnunmiz”, – deb aytib o‘tdi “Sony Pictures” rahbarlaridan biri Rori Bryuer.

Ma’lumot uchun, film avvalboshi 25 dekabr kuni katta ekranga chiqarilishi mo‘ljallangan edi. U AQShning 3 mingga yaqin kinoteatrida namoyish qilinishi kerak edi, deb axborot beradi “RIA Novosti”. Bundan bir necha kun avval “Sony Pictures” kompaniyasi xakerlarning hujumiga uchragan. AQSh hukumati bunda Pxenyanni ayblagan va bunday harakatlar milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqida aytib o‘tgan. Pxenyan Vashington qo‘ygan ayblovlarni inkor etgan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, “Sony Pictures” bu filmning katta ekranlarga chiqishini to‘xtatib qo‘ygan, biroq AQShning bir necha kinoteatrlari bu filmni namoyish etish fikrlaridan qaytmay, uni o‘z ekranlarida namoyish qilishmoqda.

Manba: kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » “Intervyu” filmi 4 kunning ichidayoq 18 mln dollar yig‘di
[/banner_pushhouse