07:03 / 09.11.2018
4 508

Bosh prokuror iste’foga chiqarildi

Bosh prokuror iste’foga chiqarildi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bosh prokurori Jeff Seshns iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

“Biz bosh prokuror Jeff Seshnsning Adliya vazirligidagi ma’muriyati rahbari Metyu Uitaker AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz”, - deb yozadi Tramp Twitter sahifasida. Oq uy rahbari Seshnsga ham qilgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirgan. “Doimiy lavozim egasi keyinroq e’lon qilinadi”, - deya qo‘shimcha qiladi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Seshnsni ko‘p bor, jumladan, ommaviy ravishda ham tanqid qilib kelayotgandi. Jumladan, Tramp Adliya vazirligi xodimlari unga qarshi til biriktirayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosh prokuror iste’foga chiqarildi