BMT ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shni davlatlar Vensuela aholisiga "ochiq eshiklar" siyosatini olib bormoqda. Xalqaro mutaxassislar hamjamiyati esa ularga yordam berishga chaqirmoqda.
"Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari bir xil darajada mehmondo‘stlik va birdamlik ko‘rsatishni davom ettirishlari kerak”, – deydi BMTning Qochoqlar bo‘yicha oliy komissari va XMHning Venesueladagi migrantlar masalasi bo‘yicha maxsus vakili Eduardo Shteyn.
Asosiy hissa Kolumbiya hududiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni vaqtda bir milliondan ziyod Venesuela aholisi u yerdan boshpana topdi. Yana 500 ming kishi Peruga, 220 ming kishi Ekvadorga, 130 mingi esa Argentina, 100 mingdan ortig‘i Chili hamda 85 ming nafari Braziliyaga ko‘chib borgan.
BMT Venesueladan qochoqlarning o‘sib borayotgan oqimiga mamlakatda oziq-ovqat va dori-darmon etishmasligi, yuqori inflyatsiya, shuningdek, siyosiy keskinlik hamda zo‘ravonlik sabab bo‘layotganini ta’kidladi.
BMT vakillari 22 noyabr kuni Ekvador poytaxti Kito shahrida aynan shu masalaga yechim izlash maqsadida yig‘iladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi