4 551
Avstriya prezidenti Rossiya foydasiga josuslik qilgan polkovnik voqeasi bo‘yicha izoh berdi
Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen Ö1 radiostansiyasiga bergan intervyusida iste’fodagi polkovnikning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi josuslik mojarosiga izoh berdi.
Avstriya prezidenti bu borada aniq qaror qabul qilishdan oldin batafsil tekshiruv o‘tkazish zarurligini bildirdi.
"Ayni paytda hodisadan fojia yasashga sabab ko‘rmayapman", — dedi Aleksander Van der Bellen.
Avvalroq Avstriya OAV yigirma yildan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelganlikda gumonlanib iste’fodagi polkovnik hibsga olinganini xabar qilgandi.
Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasek josus haqidagi ma’lumotni «do‘st» xorij maxsus xizmati taqdim etganligini bildirdi.
Avstriyada Rossiya uchun josuslik qilishda gumonlanib ushbu mamlakat qurolli kuchlari polkovnigi qo‘lga olingani haqida 9 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi.
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Moskvani bu borada javob berishga chaqirdi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl esa Rossiyaga bo‘lajak tashrifini bekor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi