Suiqasd Birinchi jahon urushi yakun topganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanalar paytida amalga oshirish rejalashtirilgandi. Ammo suiqasd tashkilotchilari bad niyatiga yeta olishmadi.
To‘rt kishi suiqasd uyushtirishga hozirlik ko‘rganlikda ayblanib qo‘lga olindi va ularning barchasi aybini bo‘yniga oldi. Suiqasd boshida esa sobiq tadbirkor 62 yoshli Jan-Per B. turgan ekan. Rejaga ko‘ra ijrochilar 7 noyabr kuni Sharlevil-Mezer shahrida tashkil etilgan tantanalar paytida Makronga qo‘llarida pichoq bilan hujum qilishlari lozim edi.
Tintuv paytida Jan-Per B. ning mashinasi salonidan keramikadan ishlangan pichoq topildi. Xuddi o‘sha pichoq Fransiya rahbarini o‘ldirish uchun mo‘ljallangandi.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni, ya’ni tantanali bayram yig‘ilishi boshlanishiga bir kun qolganda, Fransiya maxsus xizmat tashkiloti xodimlari olti nafar gumondorni qo‘lga oldi. Keyinroq ularning ikki nafari qo‘yib yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?