Janubiy Koreya hukumati mamlakat prezidentiga tuhfa qilingan delikates qo‘ziqorinlarga javob tariqasida Shimoliy Koreyaga 200 tonna mandarin jo‘natdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
“Mandarinlar hozir g‘arq pishgani va Shimoliy Koreyada kam uchrashi sababli tanlandi”, deb aytgan Janubiy Koreya prezidenti vakili.
Mevalar ortilgan yuk samolyotlari Chejudo orolidan jo‘natilgan. Samolyotda Janubiy Koreyaning milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Chxon Xe Son va prezidentning ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha kotibi So Xo ham bo‘lgan.
Mandarinlar 20 ming qutiga joylanib, 4 ta partiyaga bo‘lingan. Har bir partiya uchun 4 tadan samolyot tayyorlangan
20 sentyabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga 2 tonna matsutake navidagi qo‘ziqorin tuhfa qilgan. Ushbu sovg‘a Shimoliy Koreyadagi yaqinlari bilan hali birlashmagan oilalarga ulashilgan. Shuningdek, Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbiga Shimoliy Koreyada olingan pxunsan zotidagi ikkita it sovg‘a qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin