Symantec kompaniyasi mutaxassislari Lazarus xakerlik guruhining FASTCash kiberoperatsiyalarida foydalaniladigan dasturni aniqlashdi. U jinoyatchilarga bankomatlardan katta miqdordagi pulni olishga imkon bergan. Bu haqda tadqiqotchilar kompaniya saytidagi blogda xabar qilishdi.
Symantec hisobotiga ko‘ra, kiberjinoyatchilar tranzaksiyalarni qayta ishlovchi bank tarmoqlari va serverlarini buzib kirishgan. Shundan so‘ng, xakerlar Trojan.Fastcash deb nomlangan zararli dasturni tarqatishadi. Virus bank javoblarini soxtalashtiradi - jinoyatchilar tomonidan naqd pul yechib olinishini tasdiqlaydi.
Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, firibgarlar ushbu troyandan ikki yildan beri foydalanib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Dastur yordamida ular o‘nlab million dollarni o‘marishgan. 2017 yilda guruh birdaniga 30dan ortiq mamlakatdagi bankomatlardan naqd pullarni bir vaqtda yechib oldi. 2018 yilda xakerlar reydidan biri 23 davlatdagi bankomatlarga ta’sir qildi.
Ushbu moliyaviy jinoyatlar haqida oktyabr oyining boshida, AQSh hukumati HIDDEN COBRA guruhi jinoyatlariga bag‘ishlangan surishtiruv natijalarini e’lon qilganida ma’lum bo‘ldi. Bu shartli nom ostida Lazarus xakerlari yashiringan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin