
Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumi ochilish marosimidagi nutqida rossiyaliklarning 40 foizi teatrni madaniy xordiq uchun eng ma’qul joy, deb bilishini aytdi. U ushbu ma’lumotni Umumrossiya jamiyat fikrini aniqlash markazi o‘tkazgan so‘rovnomaga tayanib bildirgan, deya xabar bermoqda Turon24 AA.
Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi 2012 yildan buyon o‘tkaziladi.
Forum madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan milliy, davlatlararo, global dasturlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro maydonda amalga oshirishni ko‘zda tutgan. 150 dan ortiq davlatlardan mehmonlar tashrifi kutilayotgan forumning festival qismi teatr, kino, sirk, muzey, adabiyot, turizm, xalq ijodi kabi seksiyalardan tashkil topgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.