Tojikistonning Darvoz tumani Ruzvayi qishlog‘ida anorning yangi turi – vazni 1 kg chiquvchi hosili yetishtirildi. Mazkur meva Ruzvayi qishlog‘ida yashovchi bog‘bon Rahmiddin Najmiddinovning bog‘ida payvandlash yo‘li bilan yaratildi.
Bog‘bon 20 yildan buyon sitrus mevalar yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
Uning qayd etishicha, anorning "Karon" nomli bu navi shirin donali bo‘lib, shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi. “Karon” anori buyrak bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda juda foydali.
“Avval sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanganman. Keyinchalik 1,5 gektar yerni anorzorga aylantirdim. Hozir 5-6 tup anor mevasi bilan ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarni sotib olishga qurbim yetadi”, – deydi bog‘bon.
Darvoz Tog‘li Badaxshon Muxtor viloyatining subtropik mevalar yetishtirish uchun qulay iqlimga ega bo‘lgan yagona tumanidir. Tuman bog‘bonlari uzoq yillardan buyon Pomir biologiya instituti bilan hamkorlikda limon, anor, anjir va xurmo kabi mevalar parvarishi bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi