22 noyabr kuni Tojikiston tijorat banklarida "Yunistrim" pul o‘tkazish tizimi faoliyati to‘xtatildi.
Tojikistonda bu sohadagi tashkilotlardan biri "Imon Interneshnl" mas’ul xodimi Sa’di Sumanovning Turon24ga ma’lum qilishicha, "ayni paytda "Yunistrim" orqali pul yuborish imkonsiz."Imon Interneshnl"ning "Yunistrim" bilan shartnomasi bo‘lmaganligi sababli bu tizim orqali pul yuborish imkoniyati qachon paydo bo‘lishini aytolmayman", deydi u.
"Oriyonbank" va "Esxata" bankining xodimlari ham bu tizim orqali pul yuborish ayni paytda imkonsiz ekanligini aytib, sababini ochiq keltirmayapti.
"Ozodiy" saytining yozishicha, Tojikiston banklarida "Yunistrim" orqali pul o‘tkazishning to‘xtatilishi Rossiyaning Markaziy bankiga xakerlik hujumi uyushtirilganligi ortidan kelib chiqqan. Ammo Tojikistonning bir-necha banklari mas’ullari muammoning sababini bilmasliklarini aytib, "texnik kamchiliklar tufayli bo‘lsa kerak", degan taxmin bilan vaziyatga oydinlik kiritmadilar.
Bundan ikki hafta oldin Tojikistonning yetakchi "Esxata" bankida "Zolotaya korona" tizimi orqali pul o‘tkazish to‘xtatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi