
AQSh sudi amerikalik dijey Skrilleksga konsertlardan birida muxlislar ustiga sakraganda bir muxlisaning ustiga tushib, unga jarohat yetkazgani uchun jabrdiydaga 1,6 mln dollar to‘lab berish majburiyatini yukladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Dijeyning harakatlaridan jabr ko‘rgan Jennifer Freysl ismli ushbu qiz 4,5 mln dollar kompensatsiya to‘lanishini talab qilgan.
Sud qizga peshvoz chiqib, artist zimmasiga qizga mo‘maygina pul to‘lash majburiyatini qo‘ygan. Musiqachi bo‘lib o‘tgan voqeada 35 foiz aybdor deb topilib, qiz talab qilgan summaning uchdan birini to‘lab beradigan bo‘ldi.
“Men uchun eng asosiysi, muxlislarim konsertlarda o‘zlarini xavfsiz his qilishlaridir. Men ular xursand bo‘lib, musiqadan zavq olishlarini istayman”, deb aytgan sud qaroridan noroziliga qaramay musiqachi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar