18:30 / 24.11.2018
6 520

Amerikalik er-xotin uchun birgalikda uy yig‘ishtirish katta boylik keltirdi

Amerikalik er-xotin uchun birgalikda uy yig‘ishtirish katta boylik keltirdi
Amerikaning Luizana shtatida yashovchi er-xotin Garold va Tina Exrenberglar milliy bayramlardan biri oldidan uy yig‘ishtirishga ahd qilishgandi. Shu jarayonda bir dona lotereya chiptasini topib olishdi. Xayriyat, o‘yindan keyingi kutish muddati tugashiga hali ikki hafta vaqt bor ekan.

Bu chiptani ular yozda sotib olishgan, ammo negadir unutishgandi. Er-xotin darhol yutuqlar jadvali chop etilgan gazetani qidirib topib, chipta raqamini tekshirib ko‘rishdi. Qarangki, chiptaga 1,8 million dollar pul yutib olishgan ekan. Shoshilinch tarzda lotereya ofisiga borishdi. Ofisdagilar ham chiptani tekshiruvdan o‘tkazgach, haqiqatan yutuq chiqqanini tan olishdi.

Er-xotin soliqlarning barchasini to‘lagach, 1,27 million dollar egasi bo‘ldi. Ularning aytishicha, yutuqni qayoqdagi sayohat, yoki bo‘lar-bo‘lmas buyumlar xarid qilishga sarflashmas ekan. Odatiy hayot tarzini yashashda davom etisharkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik er-xotin uchun birgalikda uy yig‘ishtirish katta boylik keltirdi