date
views 4 614

Olimlar tabiiy ofatlar xavfi yuqori mamlakatlar reytingini tuzdi

Olimlar tabiiy ofatlar xavfi yuqori mamlakatlar reytingini tuzdi
Nemis olimlari tabiiy ofatlar xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingini tuzdi. Xavf darajasi eng yuqori mamlakatlar qatoriga Vanuatu, Tonga va Filippin, Solomon orollari, Gayana, Papua-Yangi Gvineya, Gvatemala, Bruney, Bangladesh va Fiji kiritildi. Xitoy, Yaponiya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Afrikaning ko‘pgina mamlakatlari ham xavf ostida.

Oktyabr oyida BMT mutaxassislari davlatlar “jamiyatning barcha jabhalarida tezkor va uzoqni ko‘zlovchi o‘zgarishlar”ni amalga oshirmasa, global isish qurg‘oqchilik va oziq-ovqat yetishmovchiligiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Avval xabar qilinganidek, olimlar bo‘ronlar va suv toshqini natijasida yer yuzasi cho‘kayotgani, tog‘ tizmalari esa, aksincha, ko‘tarilayotganini aniqladilar.

"The Atlantic" nashrining yozishicha, Xarvi bo‘roni natijasida 275 trln funt miqdoridagi suv Texasdagi yer yuzasining deformatsiyalanishiga olib kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar tabiiy ofatlar xavfi yuqori mamlakatlar reytingini tuzdi