Hindistonning Rajastan shtatida Royal Enfield “Bullet 350” rusumidagi mototsiklga sig‘inuvchilar bor. Balki ishonmassiz, lekin safari bexatar o‘tishini istovchi mahalliy aholi vakillari aynan shu ikki g‘ildirakli aravadan panoh so‘raydi.
Mototsikl “ma’bud”ning paydo bo‘lish tarixi 1988 yilga borib taqaladi. O‘shanda Pali okrugida Om Sing Rator ismli kishi aynan shu mototsiklda daraxatga urilib halok bo‘lgan ekan. Ertalab uni o‘lik holda topishgan, mototsiklini esa politsiya uchastkasiga olib ketishgan. Emishki, ertasi ertalab mototsikl halokat yuz bergan joyda paydo bo‘lib qolibdi. Politsiyachilar uni yana olib ketishibdi, hech kim olib ketmasligi uchun benzinini to‘kib tashlashibdi. Ammo ertasi kuni mototsikl yana halokat joyida turganmish-da. Biror kasofat urishidan qo‘rqqan politsiyachilar mototsiklni marhumning oilasiga berishibdi, ular esa qo‘shni shtatlik bir odamga sotib yuborishibdi. Keyin nima bo‘libdi deysizmi? Taxmin qilganingizdek, mototsikl yana halokat joyiga qaytib kelibdi. Uning yangi egasi qaytarib olib ketishni istamabdi.
Shunday qilib, mahalliy odamlarning ko‘z o‘ngida yangi “ma’bud” tug‘ildi. Mototsiklning atrofini oynavand to‘siq bilan o‘rashdi. Atrofda asta-sekin estalik buyumlari sotiladigan rastalar, hatto mehmonxona va restoran ham paydo bo‘ldi. Bitta ruhoniy har doim mototsiklning xizmatida, atrofga ehson qutilari o‘rnatilgan, bu yerda festival ham o‘tkaziladi.
Xullas, shu yerdan o‘tadigan haydovchilar birrov to‘xtab duo qilishadi va yo‘llari bexatar bo‘lishini mototsikldan so‘rashadi. Yana politsiya to‘xtatmasligini va jarima solmasligini ham, mast holda rul boshqarishdan asrashni ham so‘rashadi. Aytgancha, mastlikdan asrashni so‘rovchilar Om Singning haykalini viski bilan siylashlari shart.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi