4 389
Xitoydagi “qayta tarbiyalash lagerlari”da 50 mingga yaqin qirg‘iz ushlab turilgani ma’lum qilindi
Xitoyda yashovchi 50 mingga yaqin qirg‘iz “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”ga zo‘rlik bilan jo‘natilgan. Bu haqda u yerda ushlab turilgan qirg‘izlarning huquqlarini himoyalovchi qo‘mita a’zosi Almanbet Osmonuulu ma’lum qildi.
Xitoy Sinszyan viloyatida “ekstremistlar” uchun mo‘ljallangan lagerlarning mavjudligini yaqindagina tan oldi. OAV va huquq himoyachilari bunday lagerlarda o‘n minglab uyg‘urlar zo‘rlik bilan ushlab turilganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday lagerlarga sud va tergovsiz “ekstremizm”da gumon qilingan minglab musulmonlar jo‘natiladi.
Osmonuuluning aytishicha, Xitoyda yashovchi va lagerlarga jo‘natilgan qirg‘izlar “dindan yiroqlar, dindorligi bilan ajralib turmaydi”. Uning ma’lum qilishicha, ushlangan qirg‘izlar orasida ziyolilar – olimlar, jurnalistlar bor.
Lagerlarda ushlanib turilganlar yaqinlarining fikricha, tarbiyalash lagerlarining maqsadi ekstremizmga qarshi kurash ko‘rinishi ostida turkiyzabon aholini assimilyatsiyalash (qorishtirib yuborish) hisoblanadi. “Bu lagerlar ta’lim beruvchi markazlar deb ataladi, aslida bunday emas. Bu lagerlarda kommunistik g‘oyalar suqishtiriladi, bo‘ysunmaslik uchun qiynoqlar qo‘llanadi”, demoqdalar ular.
26 noyabrda Xitoydan qaytgan 10 nafar etnik qirg‘iz qarindoshlarining Xitoyda qayerdaligini aniqlashda ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab Qirg‘iziston prezidentiga murojaat qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi