
Argentina prezidenti Maurisio Makri G20 sammiti yetakchilari uchun “Kolon” teatri uyushtirgan konsertdan keyin o‘zini tutib turolmay, yig‘lab yubordi.
Videoda barcha tomoshabinlar va davlatlar rahbarlari o‘rnilaridan turib artistlarni olqishlashayotganini ko‘rish mumkin. Makri esa “Argentina! Argentina!” degan hayqiriqlarni eshitib, davlati uchun faxr tuyg‘usi jo‘sh urib, ko‘zi namlangan.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fmauriciomacri%2Fvideos%2F698940487145514%2F&show_text=0&width=476]
Argentina prezidenti bu “quvonch yoshlari”ni davlati va xalqi uchun faxr tuyg‘ulari bilan tushuntirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar