
U Peterburgda yashovchi Nilufar Abdullayeva bo‘lib, O‘zbekistonga qaytish bahonasida tug‘ilganiga besh kungina bo‘lgan chaqalog‘ini 4 ming dollarga sotib yubordi.
Shubhasiz, ayolni Peterburg politsiyachilari tez fursatda qo‘lga olishdi. Tergov jarayonida Nilufar birovlardan qarzi borligi, o‘sha qarzlarni uzib, keyin O‘zbekistonga jo‘nab ketishi zarur bo‘lgani uchun bolasini sotganini aytdi.
Tez orada sud bo‘lib o‘tdi. Bolafurush Nilufar Abdullayeva sud hukmiga ko‘ra 3 yil-u 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.
Sotilgan bolaning kelgusi taqdiri nima bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Ishqilib, Yaratganning o‘zi har bandaga insof, tavfiq bersin! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar