Birlashgan Arab Amirliklarining vitse-prezidenti Muhammad ibn Rashid al-Maktumning qizi Latifa bin Muhammad al-Maktum mamlakatdan qochishga besamar urinishlaridan so‘ng, dom-daraksiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Dubayning 33 yoshli malikasi Latifa bin Muhammad al-Maktum BAAdan qochishga bir necha bor uringan.
Malikaning so‘nggi urinishi shu yilning mart oyida, yaxtada Hind okeani orqali qochish rejalashtirilgan bo‘lgan. Biroq, yaxta Hindiston dengiz kuchlari va BAA maxsus xizmat vakillari tomonidan qo‘lga olinib, malika Dubayga olib ketilgan. Ushbu voqealardan so‘ng, Dubay malikasi haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan.
BAAdan qochishdan avval, malika YouTube’ga o‘zi va opa-singillari haqida, ular nega mamlakatdan qochib ketmoqchi bo‘lganliklari hamda BAAda ayollarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari haqida hikoya qilingan videorolikni joylagandi.
Dubay rasmiylari malika haqida hech qanday ma’lumotlar bermagan. Mamlakatdagi manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra: «malika o‘z oilasi davrasida baxtli hayot kechirmoqda». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi