Foto:«Sochi-express.ru»
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozodlikka chiqarish haqidagi iltimosni yetkazganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘onning aytishicha, Kerch kesishmasidagi hodisadan so‘ng u Putin bilan ham, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan ham gaplashgan.
«Hozir, bilishimcha, hodisa bo‘yicha tergov olib borilmoqda. Shundan so‘ng qaror qabul qilinadi», - deydi Erdo‘g‘on.
Uning aniqlik kiritishicha, bu vaziyatda Turkiya faqat iltimos qila oladi, ammo undan uyog‘iga o‘tmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Ukrainaning uch kemasi Kerch bo‘g‘ozidan Rossiya chegarasini kesib o‘tgani uchun qo‘lga olingani sababli, ikki davlat munosabatlari yanada sovuqlashdi. Vaziyatga AQSh aralashib, hatto Qora dengizga harbiy kemalar yuborish niyatini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi