AQShda 2018 yil yanvarda sayohatga otlanmoqchi bo‘lgan fuqarolarni boshqa davlatlardagi holat bo‘yicha ogohlantiruvning yangi tizimi taqdim etildi. Unga ko‘ra, davlatlar xavflilik darajasiga ko‘ra to‘rt toifaga bo‘lingan.
AQSh tashqi siyosat mahkamasi o‘z fuqarolari uchun maxsus interaktiv xarita chiqargan bo‘lib, unda har bir mamlakat travel advisory level — sayohat qilish uchun xavfsizlik darajasi bo‘yicha belgilangan.
Birinchi daraja — odatiy xavfsizlik talablariga rioya qiling — bu jahondagi ko‘plab mamlakatlarga taalluqli. Ular asosan Shimoliy va Markaziy Yevropa, Lotin Amerikasi va Okeaniya davlatlaridir. Sobiq SSSR tarkibida bo‘lgan aksariyat davlatlar — Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Latviya, Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Estoniya ham ushbu toifaga kiradi.
Ikkinchi daraja — yuqori darajada xavfsizlik talablariga rioya qiling — Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlar (Misr, Isroil, Saudiya Arabistoni), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Indoneziya, Filippin) va G‘arbiy Yevropa (Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya). Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston va Ukraina ham shu ro‘yxatda.
Uchinchi daraja — borish haqida o‘ylab ko‘ring — bu 17 mamlakatga tegishli. Ular Venesuela, Gaiti, Gonduras, Nikaragua, Salvador, Burkina-Faso, Burundi, Gvineya-Bisau, KDR, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Sudan, Chad, Livan, Pokiston, Turkiyadir. Vashingtonning fikricha, amerikalik sayyohlarga bu davlatlarda bo‘lish xavfsiz emas.
Nihoyat, to‘rtinchi daraja — sayohatga bormang — 11 mamlakatga taalluqli. Ular orasida Afg‘oniston, Iroq, Eron, KXDR va Suriya bor.
AQSh savdo vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda AQShdan chetga chiqqan 66,7 mln sayyohning 25,5 mln nafari Meksikaga, 12 mln nafari esa Kanadaga borgan.
Statistikaga ko‘ra, 2016 yilda amerikaliklarning o‘rtacha sayohat davomiyligi 17 tunni tashkil etgan va sotib olingan aviachiptalarning o‘rtacha narxi 1,1 ming dollarga teng bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi