
Parlamentchilar guruhi Rossiya davlat dumasiga jahon internet tarmog‘idan uzib qo‘yilganida runet uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan qonun loyihasini taqdim etdi.
Hujjatda xorij internet-serverlari o‘rnini bosadigan maxsus infratuzilma yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Xabar qilinishicha, mazkur infratuzilma mahalliy operatorlar global tarmoqqa ulana olmaganidan runetning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Hujjatda aytilishicha, domen nomlarining milliy tizimi yaratiladi. Qonun loyihasida shuningdek, xatarlarni aniqlash va runet ishini qayta tiklash bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazilishi haqida so‘z boradi.
Avvalroq Rossiya banklari Visa va Mastercard tizimidan uzib qo‘yilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar