Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavldagi “ProyeKTOriYa” Butunrossiya forumidagi ochiq darsi vaqtida prezident bo‘lish uchun qaysi kasb egasi bo‘lish kerakligi haqida gapirdi, deb xabar qildi Sof.uz nashri RIA Novostiga asosan.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, har qanday kasb egasi prezident bo‘lishi mumkin. Biroq, muhimi, buning uchun butun umrini baxshida qilishga tayyor bo‘lishi kerak.
Asosan, yuridik yoki iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan, jamiyat va odamlar o‘rtasidagi muloqot qonunlarini yaxshi bilgan insonlar davlat va hukumat rahbari bo‘lishadi.
“Lekin asosiysi bu emas - umuman, asosiysi boshqa narsa. Inson shunga o‘xshash kasbni tanlayotganda, u o‘zi uchun asosiy vazifani belgilab olishi kerak – umrini yoki hayotining katta qismini tanlagan ishiga butunlay bag‘ishlashga tayyormi. Butunlay”, - dedi Putin.
Bundan tashqari, Putin so‘zlariga ko‘ra, prezident shifokorlarning "Ziyon yetkazma" qoidasi asosida faoliyat olib borishi kerak. Shuningdek, albatta, vijdonli inson ham bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi