Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgni vertolyotda aylangan Artyom Palyanov bilan telefon orqali gaplashib, taassurotlarini so‘radi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Oldinroq Putin Artyom, uning otasi va ukasi bilan Sankt-Peterburgdagi Konstantinovskiy saroyida uchrashgan va kirib kelayotgan bayramlar bilan tabriklab, ular uchun tayyorlab qo‘yilgan sovg‘alarni ko‘rsatgandi. Shundan so‘ng Artyom va uning ukasi shahar bo‘ylab vertolyot ekskursiyasiga yo‘l oldi.
Putin dekabr oyining boshida Rossiya ko‘ngillilar forumida ishtirok etib, u yerda og‘ir kasal bolalar istaklarini amalga oshiradigan «Men bilan orzu qil» loyihasi bilan tanishgan va shunday tilaklar bitilgan 5 ta konvertni o‘zi bilan olib ketgandi. Ular orasida Peterburgni vertolyotdan kuzatish istagida bo‘lgan Artyomning ham maktubi bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi