
Gonkongda shaharning eng qashshoq kvartallaridan birida pul sochgan millioner hibsga olindi. Bu haqda CNN axborot portali xabar berdi.
Chinese 24 year old Bitcoin Millionaire Wong ching kit 黄鉦杰 AKA bi shao ye 币少爷 (Mr coin ) throws 100’s of millions of HKD from the roof top. He said “he feels as if he is god and he is responsible to teach the world about bitcoin.” Is this a sign of a bullrun incoming or ?! pic.twitter.com/IfgKykB0ME
— Mia Tam (@_blockandchain_) December 16, 2018
Xabarda aytilishicha, 24 yoshli biznesmen Von Chxin Kxit baland bino tomiga chiqib yuz million Gonkong dollarini (12 mln 900 ming AQSh dollari) sochgan. Odamlar pul terishga tushib ketishgan va ur-yiqit boshlangan.

Foto: Asia Crypto Today
Von «kambag‘allarga yordam berish uchun boylarni talashini» va «o‘zini odamlarga bitkoyn haqida gapirib berishga majburdek his qilayotganini» aytgan. Politsiya uni jamoat tartibini buzishda ayblab qo‘lga oldi. Odamlardan terib olingan pullarni politsiya uchastkasiga olib borish so‘raldi.

Foto: Asia Crypto Today
Von 2012 yilda telefon o‘g‘irlashda ayblab qo‘lga olingandi. 2017 yilda u odamlarni oltinga pul tikishga chaqirgan va ularning pullarini olib g‘oyib bo‘lgan firibgarlarga aloqadorlikda ayblangan. Von shuningdek, moliyaviy piramidalardan birining asoschisi deb ham hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar