
Barnaullik tadbirkor Farid Madolimov har juma kunlari pensonerlarga bepul non tarqatyapti, deya xabar bermoqda "Hordiq" nashri.
“Mening vatanimda hamma shunday yo‘l tutadi. Sibirga ishlagani kelganimdan keyin bu an’anani davom ettirishni boshladim. Juma musulmonlar uchun – alohida kun. Har kim nimaga ega bo‘lsa, atrofdagilar bilan baham ko‘rishi zarur. Nondan yaxshiroq yoki muhimroq nima bo‘lishi mumkin?” – deydi asli tojikistonlik tadbirkor.
Faridning aytishicha, buvisi va bobosi olamdan o‘tib ketishgan, shuning uchun bo‘lsa kerak, do‘koniga kelgan qariyalarni yaxshi ko‘radi.
“U mehr bilan ishlaydi va har bir xaridorga samimiy muomala qiladi. Keksa ayollarga eshikni ochib beradi, kirishlariga yordamlashadi. Albatta, biz pensiya olamiz va non sotib olishga qurbimiz yetadi. Ammo g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganining o‘zi yoqimli. Bizning barcha yoshlar mana shu ajoyib yigitga koshki o‘xshaganida!” – deydi doimiy xaridorlardan Varvara Besedina. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar