11:53 / 20.12.2018
6 110

Dmitriy Peskov Putin nima uchun smartfon tutmasligini aytdi

Dmitriy Peskov Putin nima uchun smartfon tutmasligini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Rossiya rahbarida mobil telefon yo‘q, u axborotni turli yo‘llar bilan oladi.

“Uning ixtiyorida turli xil ma’lumotlar chiqarilgan qog‘ozlar papkalari, qog‘ozda aks etgan dayjestlar, televizion dayjestlar bor”, deb javob qilgan Peskov Putin qay yo‘sinda axborot olishi haqidagi savolga. “Prezident, shuningdek, kompyuterda internetni ko‘zdan kechirishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

Uning ta’kidlashicha, Putinning shaxsiy mobil telefoni yo‘q va Kremlda hamon yopiq aloqadan foydalaniladi. “Yopiq hukumat aloqasining eski qadrdon telefonlari barcha smartfonlarni ortda qoldiradi”, deb aytgan Peskov.

“Smartfonga ega bo‘lish – o‘zini ko‘z-ko‘z qilishdek gap. Bu to‘liq shaffoflikdir. Siz qo‘lingizga smartfonni olib, “men barcha narsani namoyish qilishga tayyorman” deganiga rozi bo‘lgan hisoblanasiz. Prezidentda esa bu bo‘lmasligi kerak. Boz ustiga Rossiyadek davlatning prezidentida va Putin kabi prezidentda”, deb ta’kidlab o‘tgan Peskov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dmitriy Peskov Putin nima uchun smartfon tutmasligini aytdi