
Rossiya prezidenti Vladimir Putin an’anaviy katta matbuot anjumanida jahonga hukmron bo‘lish istagi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda «Sof.uz» xabar berdi.
«Dunyoni boshqarishga kelsak, shtab qayerda joylashganini hammamiz bilamiz. U Moskvada emas, bu aniq. Boshqarish xohishi AQShning jahon iqtisodiyotidaga yetakchiligi, mudofaa bilan bog‘liq xarajatlarga $700 milliarddan ko‘proq pul ajratishi bilan bog‘liq», – deb javob bergan Vladimir Putin.
Vladimir Putin qayd etishicha, Rossiyaning jahonni boshqarish xohishi haqidagi tushuncha, g‘arb mamlakatlari tomonidan berilayotgan noto‘g‘ri tushuncha. Bu NATOga a’zo mamlakatlarni hamkorligini mustahkamlash hamda tashqi tahdid paydo qilish uchun kerak. Rossiya eng yirik yadro mamlakati bo‘lganligi, ushbu tahdidga uni ko‘rsatish eng yaxshi yo‘l. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar