"Facebook" asoschisi Mark Sukerberg "Forbes"ning “Yilning eng omadsiz milliarderlari” reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bir yilda Sukerbergning kapitali 18,7 mlrd AQSh dollariga kamaydi.
Ikkinchi kvartaldagi ko‘rsatkichlar e’lon kilinganidan so‘ng "Facebook" aksiyalarining narxi 19 foiz tushib ketdi. Natijada 2 kun ichida Sukerberg 16,5 mlrd AQSh dollari yo‘qotdi. Bundan tashqari, oktyabr oxirida Buyuk Britaniya hukumati "Facebook"ka ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani uchun 644 ming AQSh dollari miqdorida jarima solgandi.
Eng omadsizlar ro‘yxatidagi milliarderlarning aksariyati AQSh va Xitoy o‘rtasida yuzaga kelgan savdo urushi oqibatida zarar ko‘rgan.
Bu reytingga teskari bo‘lgan “Yilning eng omadli milliarderlari” ro‘yxatida esa "Amazon" asoschisi Jeff Bezos 1-o‘rinni egalladi. Uning kapitali bir yilda deyarli 30 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi va 126,2 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi.
Reytingdan Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari – “Lukoyl” va “Novatek” rahbarlari Vagit Alekperov hamda Leonid Mixelson, shuningdek, Ilon Mask va Bil Geytslar o‘rin oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi